Asosiy kontentga o'tish

Maxfiylik siyosati

Bu hujjat DevMarket UZ qanday shaxsiy ma'lumotlarni yig'ishini, ularni nima uchun ishlatishini va siz o'z ma'lumotlaringiz ustidan qanday nazoratga ega ekanligingizni tushuntiradi. Platformadan foydalanish orqali siz shu shartlarga rozilik bildirasiz.

Oxirgi tahrir: 2026-09-22

1. Qanday ma'lumot yig'iladi

Faqat platforma ishlashi uchun zarur bo'lgan ma'lumot yig'iladi:

  • Hisob ma'lumotlari: ism, email manzil, rol (buyurtmachi yoki dasturchi). Parol hech qachon ochiq saqlanmaydi — faqat qaytarib bo'lmaydigan xesh.
  • Profil ma'lumotlari (ixtiyoriy): telefon raqami, bio, ko'nikmalar, avatar, portfolio havolalari.
  • Buyurtmachilar uchun biznes profili (ixtiyoriy): tashkilot nomi, faoliyat sohasi, veb-sayt. INN/STIR raqami faqat tasdiqlash uchun ishlatiladi va hech kimga ko'rsatilmaydi.
  • Platformadagi faoliyat: e'lon qilgan loyihalaringiz, arizalar, kontraktlar, tasklar va chat xabarlari.
  • To'lov ma'lumotlari: escrow tranzaksiyalari summasi va holati. Karta raqamingiz bizda SAQLANMAYDI — uni to'g'ridan-to'g'ri Click yoki Payme qabul qiladi.
  • Texnik ma'lumotlar: IP manzil va so'rov loglari — xavfsizlik va nosozliklarni aniqlash uchun.

2. Google va GitHub orqali kirish

Google yoki GitHub tugmasi bilan kirganingizda biz provayderdan faqat quyidagilarni olamiz:

  • Google: tasdiqlangan email manzilingiz va ismingiz.
  • GitHub: tasdiqlangan asosiy email manzilingiz, ismingiz, foydalanuvchi nomingiz va ochiq profil havolangiz.
  • Parolingiz bizga hech qachon yetib kelmaydi — uni faqat Google yoki GitHub ko'radi.
  • Biz sizning nomingizdan Google yoki GitHub hisobingizda hech qanday amal bajarmaymiz: kontaktlaringizni, fayllaringizni yoki xususiy repozitoriylaringizni o'qimaymiz.

3. Ma'lumot nima uchun ishlatiladi

Yig'ilgan ma'lumot faqat quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

  • Hisobingizni yaratish va sizni tizimga kiritish.
  • Loyiha, ariza va kontrakt oqimini ishlatish — ya'ni tomonlarni bir-biriga ko'rsatish.
  • Escrow to'lovlarini amalga oshirish va platforma komissiyasini hisoblash.
  • Arizalar, to'lovlar va xabarlar bo'yicha bildirishnoma yuborish.
  • Firibgarlik, spam va hisobni egallashga urinishlarni aniqlash.
  • Nizo ochilganda moderatorga ikkala tomonning dalillarini ko'rsatish.

4. Uchinchi tomonlarga berilmaydi

Biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni SOTMAYMIZ va reklama maqsadida hech kimga bermaymiz. Ma'lumot faqat quyidagi hollarda platformadan tashqariga chiqadi:

  • To'lov provayderlari (Click, Payme) — faqat tranzaksiyani amalga oshirish uchun zarur bo'lgan hajmda.
  • Qonun talab qilganda — O'zbekiston Respublikasi vakolatli organlarining qonuniy so'rovi bo'yicha.
  • Platformaning o'zida: profilingizning ochiq qismi (ism, ko'nikmalar, portfolio, reyting) boshqa foydalanuvchilarga ko'rinadi. Email va telefon esa faqat siz bilan kontrakt tuzgan tomonga ochiladi.

5. Saqlash va xavfsizlik

Ma'lumot zarur bo'lgan muddatdan ortiq saqlanmaydi:

  • Barcha ulanishlar HTTPS orqali shifrlanadi.
  • Topshiriq bilan uzatilgan kirish ma'lumotlari (admin panel, hosting, ma'lumotlar bazasi parollari) bazada shifrlangan holda saqlanadi va faqat kontrakt buyurtmachisiga ochiladi.
  • Chat xabarlari 365 kundan keyin avtomatik o'chiriladi.
  • Hisobingizni o'chirganingizdan keyin ma'lumotlaringiz 30 kun ichida butunlay tozalanadi. Bu oraliq xatolik bilan o'chirishni qaytarish imkonini beradi.
  • Kontrakt va to'lov yozuvlari buxgalteriya talablari doirasida anonimlashtirilgan holda qolishi mumkin.

6. Sizning huquqlaringiz

O'z ma'lumotlaringiz ustidan quyidagi nazoratga egasiz:

  • Ko'rish va tuzatish: profil sahifasida istalgan paytda.
  • Nusxa olish: barcha ma'lumotlaringizni mashina o'qiy oladigan (JSON) formatda yuklab olish.
  • O'chirish: hisobingizni to'liq o'chirishni so'rash.
  • Bildirishnomalardan voz kechish: email va Telegram xabarlarini profil sozlamalaridan o'chirish.

7. Cookie fayllar

Platforma faqat ishlashi uchun zarur cookie fayllardan foydalanadi: sessiyani saqlaydigan himoyalangan (HttpOnly) cookie va tanlagan tilingizni eslab qoladigan cookie. Reklama yoki uchinchi tomon kuzatuv cookie'lari ishlatilmaydi.

Aloqa

Hisobingizni o'chirishni so'rash, ma'lumotlaringiz nusxasini olish yoki maxfiylik bo'yicha savol berish uchun Telegram orqali bog'laning. So'rovlar odatda 7 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.

Telegram orqali yozish

Tez-tez so'raladigan savollar

Escrow qanday ishlaydi?
Buyurtmachi bosqich summasini oldindan to'laydi va pul platformaning escrow hisobida ushlanadi. Ijrochi ishni shu pul allaqachon kiritilganini bilib boshlaydi, lekin unga hali o'tmaydi.
Pulim qachon dasturchiga chiqariladi?
Faqat siz bosqichni qabul qilganingizdan keyin — yoki kontrakt to'liq yakunlanganda. Qabul qilinmagan ishga escrow ochilmaydi va pul o'z-o'zidan chiqib ketmaydi.
Nizo bo'lsa nima bo'ladi?
Har ikki tomon kontrakt bo'yicha nizo ocha oladi va escrow joyida qotib turadi. Moderator ikkala tomonni eshitib qaror chiqaradi: pul ijrochiga chiqariladi, buyurtmachiga qaytariladi yoki nizo asossiz deb yopiladi.
Komissiya qancha?
Platforma komissiyasi — 10%. U faqat ish qabul qilinib, pul chiqarilganda ushlanadi; to'lov buyurtmachiga qaytarilsa komissiya umuman olinmaydi.
Telegram orqali yozish

Javobi shu yerda yo'q savol bo'lsa — to'g'ridan-to'g'ri yozing.